MYU Fati uchun 150 million evro taklif qildi. "Barsa" esa rad etdi

Alisher
16 iyun 2020, 17:46
"Manchester Yunayted" "Barselona" xavbeki Anssumane Fatini xarid qilishga jiddiy bel bog'lagan.

Manchesterliklar o'yinchi uchun kataloniyaliklarga 150 million evro to'lashga tayyor bo'lishgan.

17 yoshli yarim himoyachining tovon puli 170 millionga teng. "Barselona" esa uni 150 million evroga sotishdan bosh tortdi.

Qayd etish kerakki, Fatiga shuningdek "Nyukasl", "Monako", "Nicca" va Dortmundning "Borussiya" jamoalari qiziqmoqda.

Oldinroq, MYU "Barsa"ga Fati uchun 100 million evro taklif qilgani, ammo kataloniyaliklar esa rad qilgani aytilgan edi.

Fati joriy mavsum "Barsa" tarkibida La Ligada debyut qildi. Futbolchi Ispaniya chempionati doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo