MYU bir himoyachining transferini amalga oshira olmaydi

Mirjalol Normatov
9 yanv 2019, 18:14
"Fiorentina" himoyachisi Nikola Milenkovich "Manchester Yunayted"ga o'tmaydi.

"Fiorentinanews" xabariga ko'ra, "fialka"lar futbolchini mavsumning o'rtasida jamoadan ketkazib yubormoqchi emas. Shu boisdan transfer yozda amalga oshishi mumkin. Chunki qisqa muddat ichida "Fiorentina" uning o'rniga boshqa futbolchi topa olmaydi.

Oldinroq serbiyalik futbolchi MYU bilan kelishib olgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Fiorentinanews