

"Messi va Neymarni aytgan bo'lardim. Ular doimo muxlislarga zavq bera olishgan. Ularning dribling uslublari - eng ko'ngilochar faktor bo'lgan. Ularning o'yinlari menga doimo yoqqan. O'z navbatida men ham muxlislarga shunday zavq berishni istayman", - dedi Musiala.
O'tgan yozda Messi va Neymar Yevropa qitasini tark etishdi. Argentinalik "Inter Mayami" tomon yo'l olgan bo'lsa, Neymarning manzili "Al Hilol" bo'ldi. Bunga qadar ular birgalikda PSJ va "Barselona"da birga o'ynashdi.



