Murod Xolmuhamedov: “Chempionatni qaysi klubda boshlashimni vaqt ko'rsatadi”

Narzulla Saydullayev
25 yanv 2017, 19:47
Jizzaxning “So'g'diyona” klubi o'tgan mavsum harakat qilgan Murod Xolmuxamedov hozircha biror bir klub bilan shartnoma imzolamadi.

Xabarlarga qaraganda himoyachi “Buxoro” klubiga borib qo'shilgandi. “Buxoro” jamoasi mashg'ulotlarida qatnashgan futbolchi ayni damda “So'g'diyona” klubida mashg'ulot o'tkazmoqda.

“Buxoro” jamoasidan taklif bo'lgandi, klub bilan mashg'ulotlarida ham ishtirok etgandim. Lekin u yerdagi o'zgarishlardan so'ng taklifni biroz o'ylab ko'rishimga to'g'ri keldi. “Neftchi” jamoasi bilan og'zaki kelishib olganman. Hozir biroz o'ylab olishim kerak. Hozircha “So'g'diyona” klubi mashg'ulotlarida ishtirok etayapman. Yana “So'g'diyona” bilan shartnomani uzaytiramanmi yoki yo'q, barchasini vaqt ko'rsatadi”, - deydi Murod Xolmuxamedov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia