

Hindistonning "Mumbay Siti" klubi 6 noyabr kuni Osiyo Chempionlar Ligasi doirasida Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubini qabul qiladi.
Avvalroq hindistonliklar o'z maydoni OFK talablariga mos kelmagani sababli uy uchrashuvlarini Pune shahridagi "Balevadi" sport majmuasida o'tkazishini e'lon qilgandi.
Ammo stadionni o'zgartirish qaroriga jamoatchilik norozilik bildirgani sababli mumbayliklar yulduzlarni o'zida jamlagan klubga qarshi o'yinini o'z shahridagi "Patil" stadionida o'tkazishga qaror qildi.
"Balevadi" stadioni sig'imi 12 000, "Patil" maydoni esa 55 000 kishiga mo'ljallangan.



