Muhammad Salah "Liverpul"ga o'tganidan keyin qanday yutuqlarga erishdi?

Tolibjon Qosimov
9 yanv 2018, 19:07
"Liverpul"ning misrlik legioneri Muhammad Salah ayni paytda o'zining eng yaxshi sport formasida va tinimsiz gol urmoqda.

Bugun aynan unga bag'ishlangan maqola e'tiboringizga havola etgan edik.

Quyida Salah "Liverpul" safiga o'tganidan keyin erishgan yutuqlarini sanab o'tamiz:

- "Liverpul"da oy o'yinchisi (3 marotaba);
- "Liverpul" tarkibida oyning eng chiroyli goli muallifi (4 marotaba);
- YCHLda hafta o'yinchisi (2 marotaba);
- APLda oy o'yinchisi (1 marotaba);
"BBC" talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi afrikalik futbolchisi;
- Yilning eng yaxshi arab futbolchisi;
- Afrika futbol Konfederatsiyasi (KAF) talqiniga ko'ra Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi.


Ko'rib turganingizdek, Salah so'nggi paytlarda aqlbovar qilmas muvaffaqiyatlarga erishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia