Mudrik bo'lmasa, Sudakov. "Arsenal" "Shaxtyor" yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
25 mar 2024, 14:39
APLning beshta jamoasi ukrainalik futbolchini o'z tarkibida ko'rmoqchi.

"Arsenal" "Shaxtyor" yarim himoyachisi Georgiy Sudakovga qiziqmoqda, deb xabar berdi "Football London".

Manbaga ko'ra, "Shaxtyor" va "Arsenal" o'rtasidagi munosabatlar keskinlashganiga qaramay, "kanonirlar" hamon Georgiy Sudakov timsolida tarkibini kuchaytirish niyatida. Qayd etilishicha, 21 yoshli ukrainalik futbolchini nafaqat "Arsenal", balki "Chelsi", "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Nyukasl" klublari ham kuzatib borishmoqda.

Eslatib o'tamiz, Sudakov joriy mavsum "Shaxtyor" safida 24 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt internet portaliga ko'ra, futbolchining taxminiy narxi 25 million evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football London