Mourinyu: "Meni diskvalifikaciya qilganlar "Galatasaroy" libosida buni nishonladi"

Mirjalol Normatov
6 mar 2025, 20:42
Joze Mourinyuning diskvalifikaciyasi qisqartirildi.

27 fevral kuni Turkiya chempionati doirasida "Galatasaroy"ga qarshi o'yin vaqtida hakamlarni va raqib murabbiylar shtabini haqoratlagani uchun "Fenerbaxche" ustozi 4 o'yinga diskvalifikaciya qilingan va 42500 evro jarimaga tortilgandi.

1 mart kuni Mourinyuning diskvalifikaciyasi 2 o'yingacha qisqartirildi.

"Mening diskvalifikaciyam borasidagi qaror chiqqanida tartib-intizom qo'mitasi boshlig'i buni "Galatasaroy" libosida nishonlaganini futbol jamoatchiligi yaxshi biladi. Faqatgina bu yerda buning qandayligini his qilish mumkin", - dedi Mourinyu.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports