

Joze Mourinyu YCHLda 2014 yildan beri pley-off bahslarida g'alaba qozona olmayapti. Portugaliyalik mutaxassis so'nggi besh yil ichida “Chelsi” bilan ushbu bosqichda 4 ta, “Manchester Yunayted” bilan esa 2 ta o'yin o'tkazgan va bu bahslarda g'alaba qayd eta olmagan. Mourinyu so'nggi bor 2014 yil aprelida YCHL pley-offi doirasida “Chelsi” bilan PSJni 2:0 hisobida mag'lub etgandi.



