Mourinyo: "JCH-2014da Runi Angliya terma jamoasi yetakchisi bo'ladi"

Narzulla Saydullayev
10 iyun 2014, 17:51
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Angliya terma jamoasi hujumchisi Ueyn Runi yetakchilik qobiliyatini ishga solib jahon chempionatida yaxshi ishtirok etishi mumkin deb hisoblaydi.
Men Pol Skoulzning "Runi endi yosh emas va yaxshi formada emas" degan so'zlariga qo'shilmayman.

To'g'ri u yosh emas, ammo qarib ham qolgani yo'q. U o'zini ko'rsatishi uchun kerakli yoshda.

Bu uning musobaqasi deb o'ylayman. Ueyn yetakchi rolida bo'ladi, - deydi murabbiy ingliz OAVga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com