Mourinyo: "Runi "Manchester Yunayted"ni tark etmaydi"

Aslanov Jasurbek
29 okt 2016, 11:21
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa sardori Ueyn Runining jamoani tark etishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Oramizda hech qanday muammo yo'q. Ammo jurnalistlar gazetalarini sotishi uchun hikoyalar o'ylab topishi kerak. Runi - MYU uchun juda muhim futbolchi. U hech qaerga kyetmaydi. Biz uni yaxshi ko'ramiz, u esa bizni. Runi so'nggi vaqtlarda uchrashuvlarni zaxira o'rindig'ida boshlaganidan norozi edi. Siz Runi haqida xohlagan narsangizni yozishingiz mumkin, lekin bu haqiqatga to'g'ri kelmaydi" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC