Mourinyo qishda MYUga "Real"ning top-himoyachisini olib kelmoqchi

Mirjalol Normatov
20 avg 2018, 23:44
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoaning himoyachilari xatti-harakatidan mamnun emas.

"Football Espana" xabariga ko'ra, portugaliyalik murabbiy qishdayoq jamoaga top-himoyachi olib kelishni ko'zlamoqda. U ilk navbatda "Real"dan Rafael Varanni transfer qilmoqchi.

Mourinyo o'tgan yili ham uni jamoaga taklif qilgandi. Biroq fransiyalik taklifga rad javobini bergandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana