Mourinyo Peres undan "Real"ga qaytishni so'ragani haqidagi ma'lumotni rad etdi
Aslanov Jasurbek
26 sen 2016, 16:04
Hozirda "Manchester Yunayted"ni boshqarayotgan "Real" sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Qirollik klubi" prezidenti 2015 yilda undan ispan grandiga qaytishni so'ragani haqidagi ma'lumotni rad etdi.
Taxminlarga ko'ra, Peres Mourinyodan "Real"ga qaytib, Serxio Ramos, Pepe va Marseloni jamoadan olib tashlashni so'ragan.
Mourinyoning so'zlariga ko'ra, bu ma'lumot haqiqatga to'g'ri kelmaydi va u "Real" bilan qaytish haqida muzokara o'tkazmagan.