Mourinyo: "Liverpul" hammani sotib olyapti. Agar MYU tarkibni kuchaytirmasa, qiyin bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
6 avg 2018, 08:31
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning fikricha, uning jamoasi yangi mavsumda APL chempionligi uchun kurashmoqchi bo'lsa, tarkibni kuchaytirishi kerak.

"Ijrochi direktorimiz Ed Vudvord nimani xohlayotganimni biladi. U qo'lidan kelgan hamma ishni qiladi. Transfer oynasi yopilishiga hali bir necha kun bor.

Raqiblarimiz hisoblangan boshqa klublar haqiqatdan ham kuchli va fantastik tarkibga ega: "Chelsi", "Tottenxem", "Manchester Siti"... Raqobatchilarimiz tarkibga investitciya kiritmoqda. "Liverpul" hammani sotib olyapti. "Manchester Yunayted" jamoani kuchaytirmasa, mavsum biz uchun qiyin o'tadi" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Evening Standard