Morata: "Atletiko" bu tarkibi bilan barcha musobaqalardagi g'alabaga da'vogarlik qilishi mumkin"

Alisher
8 iyul 2022, 10:38
Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Alvaro Morata Madridning "Atletiko" klubi hujum chizig'ida yuqori raqobat borligini aytdi, ammo futbolchi yaxshi mavsum o'tkazish uchun g'ayratga to'la.

Morata iyunda ikki yillik ijaradan so'ng "Yuventus"ni tark etdi. 29 yoshli forvardning "Atletiko" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

"Juda ham g'ayratga to'laman va mashg'ulotlar boshlanishini sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Bu ajoyib yil bo'lishiga ishonchim komil. "Atletiko" hujum chizig'ida katta raqobat bor, jamoada ajoyib o'yinchilar ko'p va o'ylaymanki, bu klub uchun juda yaxshi.

Bu tarkib barcha musobaqalardagi g'alabaga da'vogarlik qilishi mumkin. "Atletiko" ikki mavsum oldin Ispaniyadek qiyin chempionatni yutdi. Yaxshi jismoniy holatda bo'lish va barchasiga kurashish uchun mavsumoldi tayyorgarligida qattiq ishlashimiz kerak", - deydi Morata.

Morata "Atletiko"ga 2019 yilda o'tgan. Hujumchi jamoa libosida 61ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: atleticodemadrid.com