Montella: “Napoli” futbolchilarini ko'proq yugurishga majbur qilishmiz kerak

18 noya 2017, 01:00
“Milan” bosh murabbiyi Vincenco Montella A seriyaning navbatdagi turida “Napoli”ga qarshi bahs oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Napoli” Yevropada eng yaxshi futbolni namoyish etmoqda, ammo biz ularni to'xtata olishimiz mumkin. Biz jamoaviy o'yin evaziga raqibni ko'proq yugurishga majbur qilishimiz kerak. Bu bahs har bir o'yin singari juda muhim. Insine, Kalexon va Mertens juda yaxshi saviyadagi futbolchilar va ular maqsaddlariga erishish uchun o'zlarini qurbon qilishga tayyorlar”, deya Montellaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia