"Monako" 44 yillikdagi eng yomon natijasini qayd etdi
Mirjalol Normatov
6 okt 2019, 10:58
Kecha "Monako" Fransiya chempionatining 9-turi doirasida "Monpele"ga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
Monegasklar dastlabki 9 turda 19 gol o'tkazib yuborishdi. Bu esa jamoaning so'nggi 44 yillikdagi eng yomon natijasi bo'ldi. 1975/76 yilgi mavsumda jamoa 22 gol qo'yib yuborgandi.
"Monako" ayni damda chempionat jadvalining 14-qatorida ketishmoqda.