Modrich “Real” safidagi 300-o'yinini o'tkazdi

22 apr 2019, 08:02
“Real” yarim himoyachisi kecha “Atletik”ka qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Bu xorvatiyalik futbolchi uchun “Real” safidagi yubiley - 300-o'yini bo'ldi.

“Jamoa safida yana kamida 100 ta o'yin o'tkazishni xohlardim. “Real” safidagi har bir o'yin - katta baxt. “Real”da berayotgan narsani, boshqa hech bir klub bera olmasligi mumkin. Bu yerda sen shaxs va futbolchi sifatida o'sasan”,-deydi Modrich.

“Atletik”ga qarshi o'yindan so'ng jamoa prezidenti Florentino Peres Luka Modrichga ramziy libosni sovg'a qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Реал Мадрид” расмий сайти