"Mixed zone". Jasur Jaloliddinov: "Diyor Rahimqulovning orzusini ro'yobga chiqarishimiz kerak"

Mirjalol Normatov
4 iyun 2022, 23:43
Timur Kapadze boshchiligidagi terma jamoamiz U-23 Osiyo chempionatidagi g'alabali yurishini davom ettiradi.

Bugun bo'lib o'tgan Qatar U-23ga qarshi maydonga chiqqan futbolchilarimiz yirik 6:0 hisobidagi g'alabani tantana qildi. Uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz sardori Jasur Jaloliddinov mikst-zonada fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Shunday tarzda g'alaba qozonishni istagan edik, deya olaman. Chunki dastlabki turdan so'ng turli savollar yuzaga kelgandi. O'sha kuni birinchi o'yin, boz ustiga Turkmaniston chuqur himoyalangandi. Shu bois guruhdan chiqish masalasini so'ngi turga qoldirganimiz yo'q. 

Avvalgi uchrashuvdan keyin tanqidlarga e'tibor berganim yo'q. Biz bir jamoamiz. Hozir gaplarga ahamiyat beradigan payt emas. O'z yo'limizda davom etamiz. 

Birinchi umuman hamma golimni do'stim Diyor Rahimqulovga bag'ishlashni maqsad qilgandim. Uning orzusini amalga oshirishimiz kerak. Shu ruhda davom etamiz. Taxminimcha, keyingi bosqichda Iroq yoki Iordaniyaga ro'baru kelishimiz mumkin", - deydi Jasur Jaloliddinov.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia