Mirjalol Qosimov: "Raqobatdan qo'rqmayman, faqat u haqiqiy bo'lsa"

Iskandarov Abdulaziz
18 yanv 2022, 14:50
Qishki transferlar oynasida "Qizilqum"ni tark etgan futbolchi Mirjalol Qosimov keyingi rejalari va o'tgan mavsum haqida fikrlarini bildirdi.

- 2021 yilgi mavsum haqida...

- O'tgan mavsum men uchun omadsiz o'tdi, deb o'ylayman. Buning boisi maydonga kam tushdim. Qoniqish hosil qilganim yo'q.  

- Kam o'yin amaliyoti berilganini sababi nimada?

- Menimcha asosiy sabab murabbiylarning ishonmaganida. 

- "Qizilqum"da debyut qilgan yillaringizda tez ko'zga tashlangan edingiz. Keyinchalik diqqat markazidan yo'qolib qoldingiz...

- To'g'ri faoliyatim juda yaxshi boshlandi. Lekin keyinchalik sababsiz zaxirada qolib ketaverdim. Hattoki o'zim ham tushunmadim. 

- Ayni paytda qaysi jamoalardan takliflar bor?

- Hozirda Pro liga klublaridan takliflar tushyapti. Lekin niyatim Superligada to'p tepish. 

- Joriy mavsumda jamoada raqobatni oshganiga munosabatingiz...

-  "Qizilqum"da raqobat doim kuchli bo'lgan. Men raqobatdan qo'rqmayman, faqat u haqiqiy bo'lsa. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia