Minaminoning “Liverpul”dagi debyut o'yini qachon bo'lishi ma'lum

Eldor Akmurzayev
2 yanv 2020, 20:20
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoaning yangi a'zosi Takumi Minamino qachon debyut uchrashuvini o'tkazishi haqida ma'lumot berdi.

“Biz uni Angliya Kubogi doirasida o'tkaziladigan “Everton”ga qarshi bahs uchun qaydnomadan o'tkazmoqchimiz. Mavsumning ushbu qismida biz uning maydonga 15 haftadan keyin tushishini kuta olmaymiz. Martgacha jamoaga moslasha oladimi? Bunga javob bera olmayman. Biz Red Bull Zalcburg o'yinchisi bilan shartnoma imzoladik, shu bois hozir u o'zgarishi kerak emas. U qanday bo'lsa, shundayligicha qolishi zarur. U bilan birga ishlashni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Biz biroz suhbatlashishga ulgurdik. Bizga qarshi o'yinda u ajoyib harakat qilgandi”, – deydi Klopp.

Eslatib o'tamiz, “Liverpul” – “Everton” bahsi 5 yanvar sanasiga belgilangan. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Independent