Milliy terma jamoaning Eron va BAAga qarshi uchrashuvlarini kimlar boshqarishi aniq

Administrator
24 sen 2024, 20:20
Eron va BAAga qarshi uchrashuvlar uchun hakamlar ma'lum bo'ldi.

O'zbekiston terma jamoasi oktyabr oyida 2026-yilgi Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida Eron va BAA terma jamoalariga qarshi o'yin o'tkazishidan xabaringiz bor.

O'zbekiston – Eron uchrashuvini avstraliyalik Shon Evans boshqarib boradi, unga qanotlarda hamyurtlari Jorj Lakrindis va Ouen Goldrik yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida Jon Elder, VARda esa Jorj King ishlaydi.

Shuningdek, O'zbekiston – BAA uchrashuvi xitoylik hakamlar brigadasiga ishonib topshirilgan. Bosh hakam – Ma Ning, unga qanotlarda Jou Fei va Jang Cheng yordam beradi. 4-rasmiy hakam Vang Di, VAR hakami esa Fu Ming.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: ufa.uz