“Milan” sermahsullik borasida 56 yil avvalgi natijasini takrorladi

Eldor Akmurzayev
23 okt 2020, 01:20
Ayni daqiqalarda, Yevropa Ligasi 1-turidan o'rin olgan “Seltik” – “Milan” uchrashuvi davom etmoqda.

Bahsda mehmonlar Rade Krunich va Braxim Diasning gollari evaziga 2:0 hisobida oldinga o'tib olishdi.

Stefano Pioli shogirdlari o'tgan mavsumdagi o'yinlarni ham qo'shib hisoblaganda qatorasiga 10 ta uchrashuvdan beri 2 yoki undan ortiq gol urib kelishmoqda.

“Rossonerilar” so'nggi bor bunday sermahsullikni 1964 yil qayd etishgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta