"Milan" qishda Mauro Ikardini ortga qaytarishga urinib ko'radi

Aslanov Jasurbek
26 okt 2020, 15:55
Corriere dello Sport xabariga ko'ra, Fransiyaning PSJ hujumchisi Mauro Ikardi qishda Italiyaga qaytishi mumkin.

"Milan" futbolchining transferi haqida o'ylamoqda hamda uning rafiqasi va agenti Vanda Naraning yana Italiyada yashash istagidan foydalanmoqchi. Chunki, Parij unga mos kelmadi, shu bois Nara Italiyaga qaytishi mumkin.

Parijliklar "Inter" dan shartnomasini faqat o'tgan yilning yozida sotib olgan 27 yoshli argentinalik bilan xayrlashishga qaror qilishlari shubhali ko'rinmoqda",- deya xabar beradi Corriere dello Sport nashri.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport