"Milan" Dias bilan yangi bitimga erishishga yaqin

Alisher
15 iyul 2021, 16:04
Yarim himoyachi Braim Diasning ijarasi borasidagi yangi bitim tez orada yakunlanadi.

21 yoshli hujumkor yarim himoyachi "Milan"da o'ynashga qarshi emas. Italiyaliklar o'yinchini 25 mln evroga xarid qilish borasidagi bandni shartnomaga qo'shishga muvaffaq bo'ldi.

"Real" esa Diasni 30-31 mln evroga qayta xarid qilish huquqiga ega bo'ladi.

Braim Dias o'tgan mavsum "Milan" tarkibida barcha musobaqalarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira