Mikel Arteta: Pep - sayyoramizning eng kuchli murabbiyi

Khoja
30 mar 2024
Mikel Arteta Manchester Siti - Arsenal uchrashuvidan oldin Pep Gvardiolani maqtadi.

Menga Pep bilan birga ishlash baxti nasib etgan. Uning jamoani qanday boshqarashi, intellekti, ish uslubiga qoyil qolmay iloj yo'q, u juda ko'p ishni parda ortida bajaradi, bu mehnatni muxlislar ko'rishmaydi. 

Pep – jahonning eng yaxshi murabbiyi, u boshqalardan katta farq bilan oldinda. U men futbolda uchratgan eng yoqimli insonlardan biri. Gvardiola bilan ishlash menga juda yoqqan. Undan juda ko'p narsani o'rganish mumkin, - deydi London klubining bosh murabbiyi.

Eslatib o'tamiz, Arsenal - Manchester Siti uchrashuvi yakshanba kuni soat 20:30 da start oladi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com