Michu faoliyatini Ispaniyaning to'rtinchi divizionida davom ettiradi

Aslanov Jasurbek
11 noya 2015, 18:45
"Selta" va "Suonsi Siti" sobiq hujumchisi Michu Ispaniyaning to'rtinchi divizionida ishtirok etuvchi "Langreo" klubida davom ettiradi.

"U bu yerda o'ziga yaqin insonlar bilan birga bo'lishi mumkin. Avvalga darajaga qaytish uchun ajoyib joy" - deydi Michuning akasi Ernan Peres.

Miche "Suonsi"dagi debyut mavsumida 18ta gol uradi, ammo keyin 29 yoshli futbolchini jarohatlar qurshab oladi. O'tgan mavsumda ijara asosida "Napoli"da o'ynagan Michu "Suonsi Siti"ga qaytadi. 9 noyabr kuni Uels klubi futbolchi bilan shartnomani bekor qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca