"Metallurg" - "Paxtakor" uchrashuvi 9 sentyabrga ko'chirildi
Narzulla Saydullayev
29 avg 2017, 10:43
Oliy liganing 20-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Paxtakor" o'yini bir kun keyin o'tkaziladi.
O'zbekiston milliy terma jamoasiga jalb etilgan 6 nafar futbolchi klub ixtiyoriga 6 sentyabr kuni qaytishi sababli Bekobodda bo'lib o'tadigan uchrashuv 8 sentyabrdan 9 sentyabrga ko'chirildi.