“Metallurg” nazorat uchrashuvida O'zbekiston OTJdan ustun keldi

Narzulla Saydullayev
8 iyun 2018, 11:49
Milliy chempionatimizda yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalangan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi qisqa o'quv-mashg'ulot yig'iniga to'plandi va ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

R.Haydarov shogirdlari ilk uchrashuvni poytaxtning “Lokomotiv” jamoasiga boy bergandi. Kecha esa ular Qibray o'quv-mashg'ulot maskanida Superliganing boshqa bir jamoasi “Metallurg” ko'rigidan o'tishdi. Bu gal ham tajribali futbolchilar kichik hisobda ustun kelishdi. O'yinning ikkinchi yarmida Pavel Purishkin tomonidan jarimadan kiritilgan gol bekobodliklarga g'alaba keltirdi

“Metallurg” – O'zbekiston olimpiya terma jamoasi – 1:0 (0:0). Qibray O'MM. 07.06.2018.
Hakam: 
SH.Qosimov.
“Metallurg”: J. Ilyosov (Z. Safaev), A. Xusinov (J.Yusupov), SH.Fayziev (J.Esonqulov), X.Sattorov, D.Irmatov, P.Smolyachenko, SH.Shaymanov, Z.To'raev, S.Nurullaev (M.Isaev), I.Isoqjonov (S.Davlatjonov), Z.Abdullaev (P.Purishkin).
O'zbekiston OTJ: N.Ziyovuddinov, A.Toshqo'ziev, J.Abdusalomov, A.Mo'ydinov, SH.Muhiddinov,  I.Rashidxonov, D.Hoshimov, D.Umurov, I.Alijonov, A.O'lmasaliev, F.Ikromov.
Zaxira: M. Muhamadjonov, H. Alikulov, H. G'ofurov, H. Alijonov, SH. Nasrullaev, A. Ismoilov, A. Rustamov, N. To'xtasinov, S. Qodirqulov, A. Amonov, J. Xolto'raev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Металлург” матбуот хизмати