Mesut O'zil "Al Nassr" taklifini rad etdi

Aslanov Jasurbek
12 okt 2020
"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O'zil "Al Nassr"dan tushgan taklifga rad javobini berdi.

"Saudiyaliklar 31 yoshli nemis futbolchisi uchun 5 million funt va O'zilning o'ziga 2 yillik ko'p millionlik shartnoma taklif qilishdi. Ammo yarim himoyachi hali London klubini tark etmoqchi emas",- deydi TyC Sports  jurnalisti Sezar Luis Merlot.

Manbaga ko'ra "Arsenal" O'zilni sotishga tayyor. Futbolchining klub kelishuvi 2021 yil iyun oyigacha hisoblanadi. Yana bir manbaning xabariga ko'ra "Arsenal" O'zil bilan shartnomani bekor qilishni muhokama qilmagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sports.ru