Messining tansoqchisi maydonga tushib Lionel tomon yugurgan muxlisni yiqitdi

Alisher
14 apr 2024, 13:42
Bugun "Inter Mayami" MLS doirasidagi "Sporting Kanzas Siti" (3:2)ga qarshi bahsda g'alabaga erishdi.

Qo'shib berilgan daqiqalar o'tayotgan bir paytda muxlis maydonga tushib Messi tomon yo'l oldi, ammo yon chiziqda turgan argentinalikning tansoqchisi Leo tomon yugurdi va muxlisni maysaga yiqitdi.


→ MLS. "Inter Mayami" 5ta gol urilgan o'yinda g'alabaga erishdi, Leoda 1+1, Suares g'alaba to'pini kiritdi. O'yinga esa 72 610 (!) muxlis tashrif buyurdi 


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia