Messining amakivachchasi: "Argentina xavfsiz mamlakat bo'lganida, Leo faoliyatini shu yerda yakunlagan bo'lardi"

Alisher
14 may 2020, 12:23
"Barselona" hujumchisi Lionel Messining amakivachchasi Maksimilano Byankukki argentinalik futbolchining faoliyatini yakunlashi haqida gapirdi.

"Uning ildizlari Argentinada. U mamlakatni sevadi, odamlar esa buni yaxshi tushunishmaydi. Uni doimo ispaniyalik sifatida qoralashadi, ammo Leo argentinaliklar kabi ko'p sifatlarga ega. U har tatilini shu yerda o'tkazadi, bundan tashqari u Rosarioda o'ylangan.

Agar mamlakat tinch bo'lganida, Messining faoliyatini Argentinada tugatishi borasida menda hech qanday shubha bo'lmasdi.

Men bu haqda u bilan gaplashmadim, ammo taxmin qilingan hodisalar uning Argentinaga kelishidan so'ng paydo bo'lishi mumkin.

Bu (Messining "Nyuells Old Boyz"ga qaytishi) qiyin masala. Bolalar maktabga borishi kerak. Bu shahar - haqiqiy jahannamdir", - deydi Byankukki.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: 20minutos.es