Messi yana bir rekord o'rnatdi

22 fev 2020, 23:10
La Liga 25-turida "Barselona" "Eybar" (5:0) mag'lub qildi.

Mazkur bahsda kataloniyaliklar yetakchisi Lionel Messi to'rtta golga mualliflik qildi. Bu poker futbolchi uchun Ispaniya chempionatidagi beshinchisi bo'ldi. Messi bunga qadar 2017/18, 2012/13 va 2011/12 (ikki bor) yilgi mavsumlarda pokerni rasmiylashtirishga muvaffaq bo'lgandi.

Jurnalist Pedro Martinning xabar berishicha, argentinalik futbolchi La Ligada poker qayd etish bo'yicha "Barselona" futbolchilari orasida mutlaq yetakchiga aylanib oldi. Ikkinchi pog'onaga 1939-1955 yillarda "ko'k-anorranglilar" jamoasi sharafini himoya qilgan Sesar Rodriges (4ta) joylashgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: sport24