Messi va yana 3 futbolchi "Barselona"ga qaytdi (+FOTO)
Aslanov Jasurbek
31 iyul 2018, 16:15
Jahon chempionatida ishtirok etgan "Barselona"ning 4 nafar futbolchisi klub tasarrufiga qaytdi.
Kataloniya klubi rasmiy sayti bergan ma'lumotlarga ko'ra, Lionel Messi, Xerard Pike, Serxio Buskets va Xordi Alba bugun ko'k-anorranglilar safiga qo'shilishdi. Futbolchilar jismoniy tayyorgarlik bo'yicha testlardan o'tishdi.