Messi va Ronaldusiz o'tgan so'nggi "El-Klassiko"dagi tarkiblar esingizdami?

Aslanov Jasurbek
22 okt 2018, 11:41
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Sevilya"ga qarshi LaLiganing 9-tur uchrashuvida (4:2) qo'lini sindirib oldi.

Argentinalik jarohat tufayli 28 oktyabr kuni LaLiga doirasida "Real" bilan bo'ladigan bahsda ishtirok eta olmaydi.

2009 yilda "Manchester Yunayted"dan "Real"ga o'tgan Krishtianu Ronaldu 2018 yilning yozida jamoasini o'zgartirdi. Forvard ayni damda "Yuventus" sharafini himoya qilmoqda.

Shunday qilib, yaqinlashib kelayotgan "El-Klassiko"da Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi ishtirok etmaydi. Bu so'nggi 11 yillikdagi Messi va Ronaldu ishtirok etmaydigan birinchi "El-Klassiko" bo'ladi.

2007 yil 23 dekabrdagi bahs "Kamp Nou"da o'tkazilgan va Julio Baptistaning goli tufayli "qaymoqranglilar" kichik hisobdagi g'alaba (0:1) bilan uyga qaytishgan.

Portugaliyalik va argentinalik maydonga tushmagan o'sha 11 yil oldin o'tgan bahsda tarkiblar qanday bo'lgani yodingizdami?


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: B/R Football