Messi uchinchi farzandi tug'ilishi tufayli "Malaga" bilan o'yinni o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
10 mar 2018, 15:35
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Malaga"ga qarshi bo'lib o'tadigan LaLiganing 28-tur uchrashuvida maydonga tushmaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, bu futbolchining uchinchi o'g'li Chiro tug'ilishi bilan bog'liq.

Fevral oyida Messi mart boshida yana farzandli bo'lishi e'lon qilingan edi. Lionel va uning xotini Antonella Rokucconing ikki o'g'li - Tiago va Mateo bor.

Messining o'rnini qaydnomada boshqa futbolchi egallaydi. "Malaga" - "Barselona" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 00:40da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo