

"Men va jamoadoshlarim terma jamoa futbolkasida bor kuchimiz bilan o'ynamasligimiz haqida gapirishsa jahlim chiqadi. Biz ikki yirik turnirning finaligacha yetib bordik va bu yaxshi natija. Ha, biz g'alaba qozona olmadik, ammo 1/8 finalda chiqib ketganimiz yo'q. Terma jamoamizda og'ir kunlar bo'ldi, ammo hammasi ortda qoldi.
Aqlini ishlatmay tanqid qiladiganlardan g'azablanaman. Argentina terma jamoasi o'yinlari oldidan madhiyani kuylamaganman va kuylamayman ham. Buni his qilish uchun, madhiyani aytish shart emas" - deydi Messi.



