"Barselona" hujumchisi Lionel Messi dushanba kuni jamoa safiga qo'shiladi va Angliyaga uchib ketadi, deb xabar bermoqda Marca nashri.
Aslida hujumchi 1 avgustgacha dam olishi kerak edi. Biroq Messi tatilni barvaqt tugatishga va klub bilan birga Angliyadagi mavsumoldi yig'inlarda ishtirok etishga qaror qildi.