Messi sudda ko'rsatma berishi tufayli Amerika Kubogining birinchi uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin

Aslanov Jasurbek
6 apr 2016, 11:56
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Amerika Kubogining ilk uchrashuvida maydonga tusha olmasligi mumkin.

Gap shundaki, "Barselona" futbolchisi sudda ko'rsatma berishi kerak, chunki u 3 ta soliq ishi bo'yicha ayblanmoqda. Avvaliga eshitish to'rt kun bo'lishi taxmin qilingan edi. Messi 6 iyun kuni bo'lib o'tadigan Chiliga qarshi turnirning ikl uchrashuvida ishtirok etmasligi mumkin.

Messi 2007 yildan 2009 yilgacha 4,1 mln. evro miqdorida soliq to'lashdan qochgani sababli sudda ko'rsatma beradi. Ispaniya davlat advokaturasi Messining 22,6 oy ozodlikdan mahrum etish va moliyaviy jarima bilan jazolanishini talab qilmoqda. Prokuratura esa moliyaviy jinoyatlarda futbolchining otasini ayblab, u 18 oy qamoq jazosiga hukm etilishini istayapti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mundo