

Jurnalist German Garsiya Grovaning xabar berishicha, Lionel Messi "Al Hilol"ga o'tmaydi. Argentinalik futbolchi fantastik taklifni rad qildi. "Al Hilol" Messiga yiliga 400 million evrodan ortiq maosh taklif etgandi.
Leo faoliyatini Yevropada davom ettirmoqchi. Yozda u erkin agentga aylanadi.
Messi PSJ bilan shartnomani uzaytirish haqida o'ylamoqda. Uning "Barselona"ga qaytishi ham ehtimoldan xoli emas.



