Messi "Real"ga qarshi o'ynaydi va "adidas"ning yangi butsalarini reklama qiladi

Aslanov Jasurbek
18 noya 2015, 10:49
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Real"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etadi.

Bu o'yinda Argentina terma jamoasi futbolchisi "adidas" kompaniyasining Messi15 nomli yangi butsalarini reklama qiladi.

Messining "Real"ga qarshi bahsda ishtirok etishi deyarli shubha uyg'otmayapti, chunki u so'nggi mashg'ulotda jarohatidan to'liq qutilganini ko'rsatdi.

"Real" va "Barselona" o'rtasidagi "klassiko" 21 noyabr kuni "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport