Messi "Real"ga qarshi bahsdan so'ng shartnoma uzaytirish borasida muzokara o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
21 noya 2016, 11:10
"Barselona" rahbariyati jamoa hujumchisi Lionel Messi bilan shartnoma uzaytirish borasida ishlashda davom etmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Argentina terma jamoasi futbolchisi o'z otasi bilan "Real"ga qarshi "klasiko"dan so'ng muzokaralar o'tkazmoqchi. Kataloniya klubi Messiga yillik maoshi 24 mln. evrodan ko'proq bo'lgan maosh taklif qilmoqchi. Ayni damda Messi bonuslar bilan birga yiliga 29 mln. evro ishlab topadi.

"Barselona" - "Real" uchrashuvi 3 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS