Messi PSJ bilan shartnomasini bir yilga uzaytirishga tayyor. Keyin u MLSga ketishni rejalashtirmoqda

Оқил Абдубарноев
18 dek 2022, 22:10
PSJ hujumchisi Lionel Messi Parij klubi bilan shartnomasini 2023/2024-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirishi mumkin.

Shundan so'ng 35 yoshli argentinalik hujumchi MLSning "Inter Mayami" klubiga o'tishni rejalashtirmoqda.

Futbolchi francuz klubi rahbariyatini mavjud shartlar uni qoniqtirsa, shartnomani uzaytirish masalasini ko'rib chiqishga tayyorligini aytdi.

Messining PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2022/23 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Joriy mavsumda u jamoa safida barcha turnirlarda 19 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Mundo Deportivo