
Klub rasmiy saytining ma'lum qilishicha, futbolchilar "Atletik"ka qarshi bo'ladigan Ispaniya Kubogi 1/8 final javob uchrashuviga tayyorlanishadi. Birinchi bahs bilbaoliklarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan.
"Chorshanba kuni bo'ladigan bahsga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rish uchun klub futbolchilarni Cyurixga yubormaslikka qaror qildi. "Barselona" Janni Infantino boshchiligidagi FIFAga minnatdorchilik bildiradi. Klub FIFAni The Best Awars marosimida qo'llab-quvvatlaydi" - deyiladi bayonotda.