

Amerika ligasi klublari esa Leoni taklif qilish bo'yicha reja ham ishlab chiqib ulgurgan.
Argentinalik safiga borib qo'shilishi mumkin deb tilga olinayotgan "Inter Mayami" klubi Messining maoshini to'lay olmaydi. Shu sababli MLS klublari umumiy yig'ilish o'tkazgan. Unda liganing har bir klubi Lionel maoshining ma'lum qismini to'lashi haqida gap ketgan. O'z navbatida, Messi qaysi jamoa safida to'p tepishni o'zi tanlashi mumkin.
MLS klublarining bunday qarorga rozi bo'lishiga sabab, agarda Leo ligaga ko'chib o'tsa, teletranslyatsiya huquqlari orqali klublar ishlab topadigan mablag' ham oshadi.



