Messi: "Mamnuniyat bilan faoliyatimni "Barselona"da yakunlagan bo'lardim"

Aslanov Jasurbek
8 iyun 2017, 14:16
"Barselna" hujumchisi Lionel Messining so'zlariga ko'ra, u Kataloniya klubida butsalarini mixga ilmoqchi.

"Mamnuniyat bilan faoliyatimni "Barselona"da yakunlagan bo'lardim. Bu mening orzuim" - deydi Messi.

Oldinroq Messi "Barselona" bilan shartnoma uzaytirish borasida kelishuvga erishgani haqida e'lon qilingan edi. Yangi bitim "3+1" sxemasida bo'lib, futbolchining badal puli 250 mln. evrodan 400 mln. evroga etadi. Shartnoma 30 iyun kuni imzolanishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN