Messi LaLiga o'yinlarida 150ta golli pas bergan XXI asrning birinchi futbolchisi

Aslanov Jasurbek
3 sen 2018, 02:30
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Ueska"ga qarshi bahsda (8:2) dubl qayd etdi va 2ta golli pas berdi.

Argentinalik Ispaniya chempionati o'yinlarida 150ta golli pas bergan XXI asrning birinchi futbolchisiga aylandi.

31 yoshli forvard TOP-5 Yevropa chempionatlarida hozir faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar orasida eng yaxshi assistent bo'lib turibdi.

Messi (151ta golli pas) Sesk Fabregas ("Chelsi", 143), Mesut Ozil ("Arsenal", 128), Krishtianu Ronaldu ("Yuventus", 122) va Dani Alvesdan (PSJ, 110) oldinda.

Messi LaLigada eng ko'p golli pasni Luis Suaresga bergan - 23 marta. Pedro Rodriges - 12, Samuel Eto'O - 13, Neymar - 12 va David Vilya - 10 marta Messining pasidan so'ng gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta Sports