Messi klublardagi assistlari sonini 300taga etkazdi

Mirjalol Normatov
12 mar 2023, 13:30
PSJ forvardi Leo Messi kecha "Brest"ga qarshi o'yinda golli pas amalga oshirdi.

Shu orqali argentinalik futbolchi klublardagi faoliyati davomidagi 300-assistini amalga oshirdi. "Barselona"dagi faoliyati davomida 268ta assistni qayd etgan hujumchi PSJda kecha 32-assistini o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Ushbu mavsumda Messi Fransiya chempionatida 22ta o'yinda 13tadan gol va assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal