Messi Klublar o'rtasidagi jahon chempionati-2025da ishtirok etishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
24 sen 2024, 19:55
"Inter Mayami" 2025 yilgi Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, ilk bor ushbu musobaqada 32 jamoa qatnashadi.

MLS sharafini ushbu musobaqada KONKAKAF Chempionlar Ligasi-2022 g'olibi "Sietl Saunders" himoya qiladi. AQSH yana bir klubini kichik mundialga yuborishi mumkin. Taxminlarga ko'ra, ushbu yo'llanma Florida klubiga nasib qiladi.

Yodingizda bo'lsa kerak, "Inter Mayami" safida Leo Messi bilan birgalikda Jordi Alba, Serxio Buskets va Luis Suares singari jahon tanigan futbolchilar to'p tepadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: As