Messi – JCHda eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchiga aylandi. U gollar bo'yicha top-5'ga kirdi (+jadval)

Eldor Akmurzayev
19 dek 2022, 08:35
Qatardagi mundial finalida Argentina terma jamoasi dramtik kechgan bahsda Fransiyani penaltilar seriyasida mag'lub etib, bosh sovrin egasiga aylandi.

Lionel Messi mundialdagi 26-uchrashuvida qatnashib, bu borada eng ko'p o'yin o'tkazgan Lotar Matteusning (Germaniya, 25 ta) rekordini yangilashga erishdi.


Shu bilan birga, finalda dublga erishgan Messi muboqadagi gollari sonini 13 taga etkazib, 4-o'rindagi Jyust Fonten (Fransiya) bilan tenglashdi. Ulardan oldinda esa faqatgina uch futbolchi bor:

1. Miroslav Kloze (Germaniya) – 16 ta;

2. Ronaldo (Braziliya) – 15;

3. Gerd Myuller (Germaniya) – 14 ta;

4-5. Lionel Messi (Argentina), Jyust Fonten (Fransiya) – 13 tadan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia